19.05.2025 16:53
254

Rossiyalik manьyakning 14 yoshli muxlisasi bir nechta bolani oʻldirganini tan oldi



Berdyansk shahrida yashovchi 14 yoshli maktab oʻquvchisi 7 yashar qizaloqni bolgʻa bilan urib oʻldirishda gumonlanib, hibsga olindi. Tergov vaqtida oʻsmir qiz bu birinchi jinoyati emasligini, ilgari ham bir nechta bolani oʻldirganini tan oldi.

Tergovchilar hozirda qizning boshqa ehtimoliy qurbonlari va jinoyat epizodlarini aniqlash ustida ish olib bormoqda. Gumondorga nisbatan sud-tergov ekspertizasi tayinlangan.

Maъlumotlarga koʻra, qiz voqea sodir boʻlgan kuni qizaloqni oʻrmonga olib kirgan va sumkasidagi bolgʻa bilan uning boshiga uch marta urgan. Jabrlanuvchining jasadi yonida u mashhur seriyali qotilga muhabbati izhor etilgan xatini qoldirgan.

U oʻzini Bitsev manьyagi sifatida tanilgan Aleksandr Pichushkinning izdoshi deb eъlon qilgan.

Maъlumot uchun, "Bitsev manьyagi" laqabi bilan tanilgan Aleksandr Yurevich Pichushkin 1974-yilda Moskvada tugʻilgan va Rossiya tarixidagi eng dahshatli seriyali qotillardan biri hisoblanadi. U Moskvadagi Bitsev oʻrmon bogʻida kamida 48 kishini oʻldirganini tan olgan, ammo ayrim maъlumotlarga koʻra, bu raqam 60 dan oshishi mumkin.

Mavzuga aloqador