10.06.2025 09:45
186

Rossiyalik deputat yosh oilalar uchun tunda internetni cheklashni taklif qildi


 
Rossiyaning Bryansk viloyati dumasi deputati va "Rossiya pravoslavnaya" harakati rahbari Mixail Ivanov yosh oilalarda tugʻilishni koʻpaytirish uchun tungi internetni  cheklashni taklif qildi. 

U "Abzats" nashriga bergan intervyusida internet yangi turdagi ruhiy qaramlikka aylanib, oilaviy qadriyatlarga jiddiy tahdid solayotganini taъkidlagan.

Ivanovga koʻra, yoshlar farzandli boʻlish oʻrniga soatlab lenta aylantirish, oʻyin oʻynash yoki bemaъni narsalarni koʻrish bilan band.

Internetga qaramlik esa Rossiya demografiyasiga tahdid solayotgan asosiy omillardan biridir. Shu bois, Ivanov yosh, lekin hali farzand koʻrmagan oilalar uchun internetdan foydalanishni kechki 23:00 dan 02:00 gacha cheklashni taklif qilgan.

Mavzuga aloqador