15.02.2025 12:48
Rossiyalik deputat qariyalarni "moyka"da ishlatishni taklif qilib chiqdi
Surgut shahar dumasi deputati Evgeniy Barsov nafaqaxoʻrlarni avtoyuvish shoxobchalarida ishlatishni taklif qildi.
Mahalliy nashrlarning yozishicha, Barsovning bu taklifi jamoatchilikning keskin tanqidlariga sabab boʻlgan.
Deputat esa bu taklifi bilan qariyalarning kundalik xarajatlarini qoplashiga yordam bermoqchiligini maъlum qilgan. Uning fikricha, bu ish nafaqaxoʻrlar uchun qoʻshimcha daromad manbai boʻlishi mumkin.
Tirishqoq qariyalar esa oyiga 100 ming rublgacha topishi va oʻz mehnati bilan jamiyatga foyda keltirishi tayin, deydi u. Deputat, shuningdek, oʻz kuzatishlariga koʻra, avtoyuvish shoxobchalarida qariyalar ishlamayotganini aytgan.
Aytish joizki, 2018 yilgi daromad deklaratsiyasiga koʻra, Barsov 10 ta sport samolyoti, 29 ta xonadon va er uchastkalariga ega boʻlib, oʻsha yili 33,5 million rublь foyda koʻrgan.
Soʻnggi paytlarda rus deputatlari ham oʻzimiznikilardan rang olayotganga oʻxshaydi.