10.07.2024 12:13
335

Rossiyadagi muhojirlarni deportatsiya qilish osonroq bo’ladi

Rossiya Davlat dumasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan taklif etilgan, muhojirlarning mamlakatdan chiqarib yuborilishiga sabab boʻladigan huquqbuzarliklar roʻyxatini kengaytirishni nazarda tutuvchi yangi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatlashga tayyor.
Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodinning telegram-kanalidagi bayonotida aytilishicha, yangilik Maʻʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning yana 20 moddasiga aloqador. Jumladan, jamoat tartibi va xavfsizligiga oid huquqbuzarliklar, shuningdek, "ekstremistik" xatti-harakatlar.
Shuningdek, bunday huquqbuzarliklar qatoriga ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining qonuniy buyruqlariga boʻysunmaslik, migratsiya roʻyxatidan oʻtishda yolgʻon maʻʻlumotlar taqdim etish, mayda bezorilik, tashviqot yoxud “natsistlarning atributlari yoki ekstremistik tashkilotlarning ramzlari”ni koʻrsatish ham kiradi.
Volodin migratsiya nazorati masalasi nihoyatda muhim ekanini taʻʻkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, deputatlar “fuqarolarning koʻplab murojaatlari” va saylov okruglaridagi muhokamalar natijasi oʻlaroq “muammoning jiddiyligidan” xabardor.

Mavzuga aloqador