15.03.2024 12:30

Rossiyada taniqli diniy arbobning ovozi sunʻʻiy intellekt yordamida soxtalashtirildi

Rossiyada firibgarlar mamlakatdagi taniqli diniy arbob, “Ettinchi avlod” mahalliy musulmonlar diniy tashkiloti rahbari Alisher Juraevning ovozini sunʻʻiy intellekt yordamida soxtalashtirdi. Ular Juraevning katta miqdorda qarz soʻragan ovozini ommaviy tarqatishgan.

Rossiyada firibgarlar mamlakatdagi taniqli diniy arbob, “Ettinchi avlod” mahalliy musulmonlar diniy tashkiloti rahbari Alisher Juraevning ovozini sunʻʻiy intellekt yordamida soxtalashtirib, ommaviy tarqatishdi, deya xabar qildi Islam News nashri.

200 ming rublʻ qarz soʻragan audioyozuvlar telegramdagi obunachilariga yuborilgan.

Firibgarlar audioyozuvni soxtalashdirishda bir xatoga yoʻl qoʻygan: yozuvda «Assalomu alaykum» oʻrniga ruscha «privet» soʻzi ishlatilgan. Biroq keyingi safar ular bu odatga moslashishni oʻrganishlari aniq. Shu sababli, jinoyatchilarning hiyla-nayranglariga tushib qolmaslikning yagona ishonchli yoʻli - ehtiyot boʻlish, pul oʻtkazishga shoshilmaslik, balki maʻʻlumotni tekshirish.

Yaxshiyamki, yovuz rejaning oldi olindi. Alisher Juraev oʻz obunachilariga soxta manzilni rad etdi”, - deyiladi xabarda.

Azon Global nashri ham axborot texnologiyalari hamda sunʻʻiy intellekt rivojlanib, surat va ovozlar klonlantirish avj olayotgan bir paytda maʻʻlumotlarni qabul qilish, tarqatish, xayr-ehsonlar qilishda eʻʻtiborli boʻlish, maʻʻlumotlarni tekshirish usullarini oʻrganishni tavsiya qiladi. 

Mavzuga aloqador