19.02.2025 13:33

Rossiyada mast erkak "churka" deb haqoratlab, kaltaklagan bola oʻris boʻlib chiqdi

Moskva yaqinidagi Balashixa shahrida mast erkak 11 yoshli bolaga hujum qildi. Mahalliy nashrlarning yozishicha, voqea sodir boʻlgan paytda 11 yoshli Egor ismli maktab oʻquvchisi oʻziga tanish boʻlgan qizlar bilan suhbatlashayotgan boʻlgan. Kutilmaganda u erda mast erkak paydo boʻlib, yigʻilganlarni haqoratlay boshlagan. 

Shu asnoda u jabrlanuvchini koʻplab oʻrislar markaziy osiyoliklarga nisbatan ishlatadigan irqchilikka mansub soʻzlar bilan kamsitib, bolani kaltaklagan. Egorning ota-onasining aytishicha, bola mast erkakning zarbasidan keyin yiqilish asnosida boshini devorga qattiq urib olgan va miyasi chayqalgan. Ayni damda erkakning shaxsi aniqlanib, uning qidiruvga berilgani aytilmoqda.

Afsuski ayni damda Rossiyada millatchilik avjiga chiqib boryapti. Bu esa nafaqat muhojirlarga, balki ruslarning ham zarariga xizmat qilyapti.

Mavzuga aloqador