16.07.2025 08:22
110

Rossiyada masjidlar yomon ob-havo sharoitida barcha uchun ochiqligi aytildi



Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi raisi oʻrinbosari, Moskva muftiysi Ildar Alyautdinov mamlakatdagi masjidlar issiq yoki sovuqdan qiynalgan har qanday inson uchun ochiqligini aytib oʻtdi.

Muftiyning taъkidlashicha, ob-havo taъsirida oʻzini yomon his qilgan har qanday kishi, dinidan qatъiy nazar masjidga kirib dam olishi, suv ichishi mumkin. Agar zarurat tugʻilsa, masjid xodimlari unga tez yordam chaqirib berishadi.

 Oʻz navbatida, mehmon masjidning ichki qoidalariga ham hurmat bilan munosabatda boʻlishi kerak. Xususan, sokinlikni buzmasligi, namozxonlarni bezovta qilmasligi, ayollar maxsus xalat va roʻmolda boʻlishi talab etiladi.

Mavzuga aloqador