29.05.2025 14:10
88
Rossiyada "Halol" standartlashtirish boʻyicha davlat organi tashkil etildi
Rossiyada Halol mahsulotlar va xizmatlarni standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita tashkil etildi. Qoʻmita tarkibiga qariyb 40 ta tashkilot kirdi va uni Rossiya prezidentining yordamchisi Ruslan Edelgeriev boshqaradi.
Qoʻmitaning vazifasi halol mahsulotlarni ishlab chiqarish, etkazib berish va sotish boʻyicha milliy standartlarni ishlab chiqish, shuningdek xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirishdan iborat. Shuningdek, sertifikatlash uchun aniq mezonlar va yangi tekshiruv usullarini ishlab chiqadi.
Bu tashabbus mahsulot sifatini va xavfsizligini oshirish, shuningdek Rossiyaning halol mahsulotlar eksportidagi oʻrnini mustahkamlashga qaratilgani aytilmoqda.
Oldinroq, 2025 yil oxirigacha Rossiyada mehmonxonalar va sayyohlik obъektlarida halollik talablariga javob beruvchi maxsus davlat standarti tayyorlanishi aytilgandi.