06.05.2025 13:04
106

Rossiyada "Halol" sertifikatiga ega boʻlgan kosmetikalarga talab keskin oshdi



Rossiyada halol kosmetikaga talab oshib bormoqda. 

Ozon maъlumotlariga koʻra, bu mahsulotlarga qiziqish bir yil ichida 26 foizga ortib, 362 mingdan ortiq xaridor xarid qilgan. 

Talab diniy eъtiqodga emas, xavfsiz va sifatli tarkibga boʻlgan ishonchga bogʻliq.

Halol kosmetika eng koʻp Moskva, Sankt-Peterburg, Rostov viloyati, Krasnodar oʻlkasi, Sverdlovsk va Leningrad viloyatlari, shuningdek, Tatariston Respublikasida sotilgan.

“Mordor Intelligence” kompaniyasining tadqiqotiga koʻra, 2024 yilda halol kosmetika bozorining hajmi 91,5 milliard AQSh dollariga etgan. 

Yaqin yillarda bu bozor yiliga oʻrtacha 7,48 foiz oʻsadi va 2029 yilga kelib 131,2 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

Mavzuga aloqador