Moskva sudi internetda “faqat slavyanlar uchun” sharti ostida eʻʻlon berishni taqiqladi. Sud bunday mazmundagi eʻʻlonlar qonunga xilof, huquq-tartibot asoslariga hamda jamiyat va davlatlar manfaatlariga zid deb topdi. Bunday eʻʻlonlarni tarqatganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi maʻʻlum qilindi.

Moskvaning Solntsevskiy sudi Internetda "faqat slavyanlar uchun" degan shartni oʻz ichiga olgan ayrim reklamalarni tarqatishni taqiqladi, deb xabar berdi RIA Novosti agentligi.

“Sud eʻʻlon qilingan eʻʻlonlarni qonunga xilof, huquq-tartibot asoslariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zid, deb topdi, ushbu maʻʻlumotlarni joylashtirgan shaxslarning xatti-harakatlari esa qonunga xilof boʻlib, jinoiy javobgarlikka tortiladi”, — deyiladi sud xabarida.

Sud bkrs.info (Xitoy haqida rus tilidagi forum), castingy.ru (Moskvadagi kastinglar), meetplanet.ru va art.one (ijodiy kasb egalari bilan tanishish va yollash uchun agregatorlar) saytlarida joylashtirilgan ayrim eʻʻlonlarni tarqatish taqiqlanadi, deb topdi.

Mavzuga aloqador