10.02.2025 15:45
Rossiyada 2037-yilgacha islom taъlimini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilmoqda
Rossiya musulmonlari diniy assambleyasi mamlakatda islom taъlimini rivojlantirish boʻyicha strategik reja ishlab chiqmoqda. Loyiha 2037-yilgacha boʻlgan muddatni qamrab oladi, deb xabar bermoqda TASS.
DSMRga koʻra, strategiya Rossiyada islom taъlim tizimining maqsadlari, vazifalari, asosiy yoʻnalishlari va kutilayotgan natijalarini belgilab beradi. Loyiha mualliflari uni ishlab chiqishda Rossiyadagi musulmon jamoasining ehtiyoj va manfaatlarini hisobga olgan.
Shuningdek, assambleya maъnaviy murabbiylik institutini joriy etishni taklif qilmoqda. Bu tashabbus yosh mutaxassislarga tajribali ulamolar bilimlarini etkazishga va mahalliy islom taъlim muassasalarida iqtidorli kadrlarni saqlab qolishga yordam beradi.
DSMR rahbari Albir Krganov taъkidlaganidek, bu tashabbus kelajak avlodlar uchun islom anъanalarini saqlab qolish va rivojlantirishga xizmat qiladi.