RF tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Mixail Galuzin Oʻzbekiston bilan milliy valyutada toʻlov 55 foizga etganini maʻʻlum qildi. Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston bilan bunday hisob-kitoblar hajmi 80 foizga etgan.
2023 yilda Rossiyaning Markaziy Osiyo bilan tovar ayirboshlash hajmi 44 milliard dollardan oshdi, dedi «Valday» klubi konferentsiyasida tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Mixail Galuzin. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Rossiya mintaqa uchun ishonchli va asosiy savdo-iqtisodiy sherikdir”, - dedi u.
Diplomatning taʻʻkidlashicha, bu tovar ayirboshlash izchil oʻsib borayotganini tasdiqlaydi.
Vazir oʻrinbosarining aniqlik kiritishicha, Markaziy Osiyo tashqi savdosining 33 foizi Rossiya hissasiga toʻgʻri keladi. Uning soʻzlariga koʻra, bunga asosan milliy valyutalarda hisob-kitoblarga oʻtish orqali erishilmoqda.
Galuzinning taʻʻkidlashicha, hozirda Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston bilan bunday hisob-kitoblar hajmi 80 foizga etgan. Oʻzbekiston bilan milliy valyutada toʻlov 55 foizni, Turkmaniston bilan esa 24 foizni tashkil etdi.
Avvalroq Rossiya va Xitoy oʻzaro savdo hajmini 200 millird dollarga etkazgani, ikki davlat oʻrtasidagi savdoda rus rubli va Xitoy yuanidan foydalanish 95 foizni tashkil etgani haqida xabar bergan edik.

Mavzuga aloqador