11.06.2025 15:17
171
Rossiya TIV Oʻzbekiston tomonidan yuborilgan notaga munosabat bildirdi
Moskva Oʻzbekiston tomonidan taqdim etilgan nota mazmunini diqqat bilan oʻrganmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova maъlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, bu murojaat mutasaddi idoralarga etkazilgan va hozirda barcha obъektiv maъlumotlar toʻplanib, belgilangan tartibda Toshkentga joʻnatiladi.
"Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlar ittifoqchilik va strategik sheriklik asosida qurilgan. Shundan kelib chiqib, ikki tomonlama hamkorlikka doir har qanday masalaga shu nuqtai nazardan yondashiladi".
Bu bayonot Oʻzbekiston elchixonasining Moskvadagi fuqarolarga nisbatan ayrim noxush holatlar — xususan, tintuvlar va qoʻpol munosabat boʻyicha tashvish bildirib, Rossiya TIVga rasmiy nota yoʻllaganidan soʻng berildi.
"Ittifoqchilar oʻrtasidagi muloqot ochiq va har qanday signal jiddiy oʻrganiladi", degan Zaxarova.