Rossiya shirkatlari Afgʻonistondagi Qoʻshtepa kanali atrofidan erlarni ijaraga olmoqda
Rossiyaning qator shirkatlari Afgʻonistondagi Qoʻshtepa kanali yonidan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun erlarni uzoq muddatga ijaraga olmoqda. Shuningdek, Rossiya Afgʻonistonda ish oʻrinlari yaratish va mamlakatni rivojlantirish loyihalariga sarmoyalar kiritishni boshladi.
Rossiya Afgʻonistonda ish oʻrinlari yaratish va mamlakatni rivojlantirish loyihalariga sarmoya kiritish niyatida. Bu haqda Afgʻonistondagi Rossiya biznes markazi rahbari Rustam Xabibullin RIA Novosti agentligiga maʻʻlum qildi.
Markaz rahbarining aytishicha, Rossiya sarmoyalari Afgʻonistonga kira boshladi.
“Rossiya investorlarini zavodlar, fabrikalar, qishloq xoʻjaligi, jumladan, Qoʻshtepa kanalining qurilishi katta qiziqish uygʻotmoqda. Qator korxonalarimiz kanal yonidan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun er uchastkalarini uzoq muddatga ijaraga berishni yoʻlga qoʻymoqda”, — dedi u.
Shuningdek, Rossiya Afgʻonistonga ham faol ravishda insonparvarlik yordami etkazib bermoqda, xususan, oʻtgan yili mamlakat aholisiga 250 ming qutidan ortiq dori-darmon tarqatilgan.
"Ammo biz ish oʻrinlarini rivojlantirish va rossiyalik investorlarni afgʻon loyihalariga jalb etishni maqsad qilganmiz", - dedi Rossiya biznes markazi rahbari.
Ekspert Rossiya va Afgʻoniston oʻrtasidagi savdo aylanmasi boʻyicha ham bir qator raqamlarni keltirdi. Unga koʻra, 2022 yilda tovar ayirboshlash hajmi 170 million dollarni tashkil etgan boʻlsa, bir yildan soʻng bu koʻrsatkich 1 milliard dollardan oshdi. 
“Afgʻonistonga Rossiya mahsulotlari juda kerak, chunki ular sifatli, arzon va uzoq logistika talab qilmaydi. Mamlakat chet el mahsulotlariga muhtoj, chunki ishlab chiqaruvchilar aholini toʻliq taʻʻminlay olmaydi. Oldingi hukumat oʻz ishlab chiqarishimizni yoʻlga qoʻyishimizga imkon bermagan Gʻarb va AQSh yoʻnalishiga eʻʻtibor qaratdi. Yangi hukumat kelishi bilan zavodlar, fabrikalar, oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalari faol qurilmoqda. Ilgari kiyim-kechak mahsulotlarini qoʻshnilardan xarid qilingan boʻlsa, endilikda mamlakatda ishlab chiqarilib, qoʻshni davlatlar – Pokiston, Eron, Oʻzbekistonga eksport qilinmoqda. Tsement zavodlari faol qurilmoqda, ularning bir qismi eksportga, qolgan qismi esa ichki bozorga chiqariladi”, - dedi Xabibullin.

Mavzuga aloqador