21.06.2025 10:21
227
Rossiya minglab afgʻonistonlik migrantlarni qabul qiladi
Rossiya Afgʻoniston hukumati bilan mehnat migratsiyasini tubdan kengaytirish boʻyicha kelishuvga erishdi. Baza nashriga koʻra, tez orada Rossiya qurilish obъektlarida ishlayotgan afgʻonlar soni mingga etkaziladi.
Qayd etilishicha, Rossiyaga turli ixtisoslikdagi malakali afgʻon ishchilari – tosh ustalari va payvandchilardan tortib, elektrchi va boʻyoqchilargacha yuboriladi. Ularga Checheniston, Dogʻiston va Krasnodar oʻlkasida ishlash uchun ruxsatnomalar allaqachon berilyapti. Afgʻonistonlik fermerlar – oʻsimlikshunoslik, chorvachilik va veterinariya mutaxassislari ham Rossiyada ishga joylashishga qiziqish bildirgan. Afgʻonistondan kelgan qurilish guruhlarining bir qismi Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlariga vayronalarni tozalash va tiklash ishlarini olib borish uchun joylashtirilishi rejalashtirilgan.