30.05.2025 14:26
123

Rossiya Eron dronlari haqqini oltin quymasi bilan toʻladi


Rossiya Shahed-136 zarba beruvchi dronlari uchun toʻlov sifatida Eron kompaniyasiga umumiy qiymati taxminan 104 million dollar boʻlgan kamida 1,8 tonna oltin quymalari berdi. Bu haqda tomonlar oʻrtasidagi shartnomaga kirish huquqiga ega boʻlgan C4ADS tadqiqot guruhi maъlum qilgan.

Qayd etilishicha, 2023 yil 16 mart sanasiga oid qoʻlda toʻldirilgan formada 1 788 402,2 gramm oltin etkazib berilgani va uning narxi har gramm uchun 58,32 dollar etib belgilangani aytilgan. Mazkur hujjat Eronning Sahara Thunder korxonasi va Tataristondagi dronlar yigʻiladigan “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasi oʻrtasida imzolangan.

Bundan tashqari, 2023 yil 5 aprelь sanasidagi boshqa bir shartnomada yana ikki tonnadan ortiq oltin haqida soʻz boradi. Bu ham Eron tomoniga moʻljallangan. Biroq etkazib berish tafsilotlari hozircha nomaъlumligicha qolmoqda.

Mavzuga aloqador