02.03.2024 09:50

"Rossiya bahori", strategik barqarorlik, "ijtimoiy muammolar": Putin oʻz Murojaatnomasida nima haqida gapirdi?

"Rossiya bahori", strategik barqarorlik, "ijtimoiy muammolar": Putin oʻz Murojaatnomasida nima haqida gapirdi?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19-marta xalqqa murojaat qilib, Gʻarbni yana bir bor ogohlantirdi, geosiyosatdagi yangi kuchlar muvozanati haqida gapirdi, iqtisodiyot, ishlab chiqarish va inson kapitaliga katta sarmoya kiritilishini eʻʻlon qildi. Putinning Murojaatnomasidagi asosiy masalalar.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19-marta xalqqa murojaat qilib, Gʻarbni yana bir bor ogohlantirdi, geosiyosatdagi yangi kuchlar muvozanati haqida gapirdi, iqtisodiyot, ishlab chiqarish va inson kapitaliga katta sarmoya kiritilishini eʻʻlon qildi.

Saylov oldidan eʻʻlon qilingan ushbu Murojaatnoma oʻziga xos saylovoldi dasturi boʻlib, kuchli raqobatchi yoʻqligi hisobga olinsa, uni mamlakatni saylovdan keyingi rivojlantirish strategiyasi deb hisoblash mumkin. Boshqa tomondan, u Gʻarb siyosatchilarining Ukrainaga NATO qoʻshinlarini yuborish ehtimoli haqidagi bayonotlari fonida mamlakat qudratini namoyish etishga urinish hamdir. Shu munosabat bilan, uning oʻz nutqida "rus bahori"ni eslatib oʻtish tasodifiy emas.

Strategiya

Mazkur Murojaatnoma mamlakatning oʻrta muddatli istiqbolga moʻljallangan rivojlanish strategiyasini ifodalashini ushbu soʻzni Prezident nutqida 12 marta tilga olganidan koʻrish mumkin: strategik vazifalardan tortib, Fan-texnika taraqqiyoti strategiyasi, Sunʻʻiy intellektni rivojlantirish milliy strategiyasi va Strategik yadroviy kuchlargacha.

Ushbu atamaning qoʻllanilishi, mamlakatning yarim urush holatida ekanini hisobga olganda, Rossiya ishlab chiqarish va butun iqtisodiyotni yangi voqeliklarga mos ravishda qayta formatlaganini koʻrsatadi. Qisqa muddatli harbiy operatsiya sifatida oʻylab topilgan Ukrainaga bostirib kirish ikki yillik chegarani bosib oʻtdi, Gʻarbning misli koʻrilmagan konsolidatsiyasi, harbiy yordam koʻrsatish va Ukraina hukumatini yuqori martabali amaldorlarning tashrifi bilan ragʻbatlantirish, bularning barchasi - urush uzoq davom etishini koʻrsatadi.

Shu bilan birga, “ichki auditoriya”ga murojaat qilishdan tashqari, harbiy maqsadlardagi strategiya, yaʻʻni mamlakatning strategik yadroviy kuchlari “kafolatlangan foydalanishga toʻliq shay holatda” ekani toʻgʻrisida eslatib oʻtilishi ham ogohlantirish va Rossiya manfaatlarini hisobga olish kerakligini eslatishga oʻxshaydi.

Global tashabbuslarning mini versiyalari

Rossiyaning harbiy qudrati hamda uning gipotetik va amaliy imkoniyatlari haqida batafsil gapirgan Putin hozirgi voqeliklar fonida mamlakatni oʻziga xos ilgʻor yuqori texnologiyali markaz, shu jumladan fuqarolik sohasida markazi sifatida yangi bosqichga olib chiqish maqsadlarini qoʻydi.

Putin ekologik muammolar, “toza havo”, “toza suv” dasturlari va chiqindilarni qayta ishlash haqida uzoq va batafsil gapirdi. Transport va logistika, mavjud havo bandargohlarining uchdan bir qismini modernizatsiya qilish, havo transporti parkini yangilash, avtomobilʻ, temir yoʻllarni taʻʻmirlash – barchasi tilga olinib, ularni hal etish boʻyicha aniq tavsiyalar berildi.

Raqamlar juda koʻp: BRIKSdan mamlakat hududlarigacha

"Jahon iqtisodiyoti, savdo-sotiq, moliya, texnologiya bozorlari transformatsiyasi" haqida gapirar ekan, Rossiya rahbari ushbu va boshqa global muammolarga javob berish zarurligini taʻʻkidladi. Echim va muvozanat sifatida u BRIKSga eʻʻtibor qaratdi: "Shunday qilib, 2028 yilda BRIKS mamlakatlari yaqinda ushbu assotsiatsiyaga aʻʻzo boʻlgan davlatlarni hisobga olgan holda, global yalpi ichki mahsulotning taxminan 37 foizini yaratadi, “Katta ettilik” koʻrsatkichi esa 28 foizdan pastga tushdi”, dedi u.

Murojaatnoma raqamlar bilan toʻldirilgan: aholining hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan turli ijtimoiy dasturlarga milliardlab va hatto trillionlab rubllar sarflanadi. Demografik koʻrsatkichlarni oshirish, oʻz resurslarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan "Oila", "xodimlar", "Rossiya yoshlari" va "uzoq va faol hayot" milliy loyihalari ham inson kapitalining oʻsishiga hissa qoʻshishi kutilmoqda.

U oʻz nutqida hududlarning muammolari va boshqalar haqida koʻp gapirdi. Kvadrat metr uy-joy qurishdan boshlab, turli toifadagi fuqarolarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, hududlarni rivojlantirish bosh rejalari, ularning qarzlarini hisobdan chiqarish: moddiy farovonlikdan tortib, madaniy merosgacha koʻplab raqamlar ham eʻʻlon qilindi.

“Elita” tushunchasining yangi mazmuni

Putin ikki soatdan ortiq davom etgan nutqini Rossiya ommaviy axborot vositalarida 2014 yilda Qrimning bosib olinishiga olib kelgan voqealarni tasvirlash uchun qoʻllaniladigan “Rossiya bahori” bilan boshladi va: “Biz boshlamadik”, lekin “gʻalaba qozonamiz”, deya tugatdi.

"Qahramonlar vaqti" deb nomlangan kadrlar dasturi Ukrainadagi urush qatnashchilari uchun muhim imtiyozlarga tegishli. Putin ham avval ham, hozir ham oʻz nutqida bir necha bor bunga eʻʻtibor qaratdi. Biroq bu erda gap nafaqat moddiy qoʻllab-quvvatlash, balki ularga yangi – kelajak tarbiyachilari maqomini berish haqida ham ketadi.

Yangi dunyo tartibi va Rossiyaning oʻrni

Prezident Rossiyani tortishga urish boʻlayotgan qurollanish poygasi, Gʻarbning qoʻrquvlari haqida gapirib, ularni "bemaʻʻni" deb atadi; NATOning Sharqqa yangi kengayishi, strategik barqarorlik masalalariga ham toʻxtalib, "Suveren, kuchli Rossiyasiz, doimiy dunyo tartibini oʻrnatish mumkin emas", deya taʻʻkidladi.

Putin Ukrainaga NATO harbiy kontingentlarini yuborishning gipotetik imkoniyatiga tarixga (Napoleon va Gitler) murojaat qilib javob berdi va Rossiyaning hozirgi harbiy salohiyati unga “nishonlarni oʻz hududidan turib urish” imkonini berishidan ogohlantirdi. Murojaatnomaning ushbu qismidan Gʻarb va jahon matbuotida eng koʻp iqtibos keltirildi.

Koʻrinib turganidek, Rossiyaning mushaklarini koʻz-koʻz qilishi, tajovuzkor ritorikasi, muzlatilgan mojarolarni “eritish” va qayta boshlash istaklari tinch aholiga foyda keltirmasligi aniq. Amerikalik nufuzli tashqi siyosatshunos olim Richard Xaas “eski tartib” inqirozini tahlil qilar ekan, geosiyosiy vazminlik “sovuq urush” tartibining oʻziga xos belgisi boʻlganini taʻʻkidladi. Dunyodagi hozirgi vaziyat mamlakatlar bir-biriga mutlaqo ishonchsizlik holatida, "hammaning hammaga qarshi urushi" endi ochiq koʻrinib turibdi. Bunga yoʻl qoʻymaslik uchun, Haas toʻgʻri xulosa qilganidek, muloqotga muhtojmiz. Vakillik muhokamasi formati talab qilinadi. Koʻpchilik uchun ham qonun, ham amaliyot, ham qadriyat boʻlishi mumkin boʻlgan "xalqaro tartib" toifasiga yangicha qarash lozim. Davlatlararo munosabatlardagi har qanday inqirozni harbiylashtirishdan boshqa mazmunli muqobili nima boʻlishi mumkin?

Aynur Nogaeva, Yangi Shafaq

Mavzuga aloqador