21.03.2025 10:14
181

Rossiya armiyasining Ukraina urushidagi yoʻqotishlari 900 ming kishiga etdi

Buyuk Britaniya razvedkasining soʻnggi hisobotiga koʻra, Rossiya Federatsiyasining Ukraina hududidagi harbiy yoʻqotishlari halok boʻlgan va yaralangan harbiy xizmatchilarni qoʻshib hisoblaganda 900 ming kishiga etgan.


Shuningdek, jang maydonida halok boʻlgan rossiyalik askar va zobitlar soni 200–250 ming kishi atrofida ekani maъlum qilindi. Bu koʻrsatkich Rossiya uchun Ikkinchi jahon urushidan beri eng katta harbiy yoʻqotish hisoblanadi.


Jiddiy yoʻqotishlarga qaramay, Rossiya tomoni Ukraina kuchlari egallagan hududlarni qaytarib olgan. Ayni paytda Kursk viloyatining toʻlaqonli qismi Putin nazoratida boʻlib turibdi.


Viloyatning 1300 kvadrat kilometr hududning atigi 80 kvadrat kilometr qismigina Ukraina tomoni ihtiyorida qolgan

Mavzuga aloqador