13.03.2024 08:48

Ukraina Rossiyaning ettita hududiga yirik dronlar hujumini uyushtirdi

Rossiyaning kamida toʻqqizta hududiga dronlar hujumi amalga oshirildi. Eng koʻp neftʻ obʻʻektlari nishonga olindi. Shuningdek, ikkita viloyatga diversantlar bostirib kirdi. Asosiy maʻʻlumotlar.

Ukraina 12 martga oʻtar kechasi va kun davomida Rossiya hududlariga dronlar hujumini amalga oshirdi. Asosan neftni qayta ishlash zavodlari va maʻʻmuriy binolar nishonga olindi. Shu bilan birgalikda, Ukraina hududidan Rossiyaning ikkita viloyatiga diversantlar bostirib kirdi.

12 mart kuni ertalab Rossiya Mudofaa vazirligi Moskva, Leningrad, Belgorod, Kursk, Bryansk, Tula va Orlovda 25 ta dron yoʻq qilingani va tutib olinganini bildirdi.

Nijegorod va Voronej viloyatlari gubernatorlari ham dron hujumlari haqida maʻʻlumot berdi.

Orlovda dron neftʻ omboriga urilgan. Gubernator Andrey Klichkov uni yoqilgʻi-energetika kompleksi obʻʻekti deb atadi, biroq kimga tegishli ekanini ochiqlamadi. Hodisa oqibatida 100 kvadrat metr maydonda bitta neftʻ ombori yonib ketgan. Keyinroq u dron hujumi oqibatlari bartaraf etilgani, shahardagi «tutun» hech qanday xavf tugʻdirmasligini yozdi.

Orlovdagi neftʻ omboriga dron hujumi natijasida yongʻin yuzaga keldi. Alanga 100 kv m maydonni qurshab olgan, yaqin atrofdagi uylardan 17 kishini evakuatsiya qilingan.

Nijegorod viloyati Kstovo shahridagi «Lukoyl» zavodi hududiga ham dronlar qulagan va yongʻin kelib chiqqan.

Belgorodda esa dron shahar maʻʻmuriyati binosiga borib urilgan, ikki ayol jarohatlangan. Boshqa bir dron vokzal yaqinidagi savdo markazi tomiga qulagan, qurbonlar yoʻq.

12 mart kuni ertalab Ukraina hududidan qurollangan jangovar guruhlar pikaplarda Rossiyaning Belgorod va Kursk viloyatlariga bostirib kirishga uringani haqida xabarlar paydo boʻldi. Ularning hujumlari minomyotlar, tank va zirhli texnikalar yordamida qoʻllab-quvvatlangan. Chegaradan asosan Rossiya fuqarolaridan iborat «Rossiya erkinligi» legioni, «Sibir batalʻoni» va Rossiya koʻngillilar korpusi aʻʻzolari oʻtgani maʻʻlum qilindi.

Kursk gubernatori Roman Starovoytning bildirishicha, Ukraina qurolli kuchlari ertalabdan Tetkino qishlogʻini oʻqqa tutgan. Rossiyalik harbiy blogerlar Ukraina tomoni diversantlari Kursk (Tetkino tumani) va Belgorod viloyatlari chegarasini kesib oʻtgan boʻlishi mumkinligini daʻʻvo qilgan edi.

Starovoytning soʻzlariga koʻra, "sabotaj va razvedka guruhi tomonidan yorib oʻtishga urinish kuzatilgan, otishma boʻlgan, ammo hech qanday natijaga erishilmagan".

Keyinroq Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) ushbu ikki viloyatda davlat chegarasini buzishga bir nechta urinishlar boʻlganini maʻʻlum qildi. FXX dushman tuzilmalari katta yoʻqotishlarga uchraganini daʻʻvo qilmoqda.

Mudofaa vazirligi oʻz matbuot xabarida aytilishicha, tonggi soat uchlarda chegarani kesib oʻtishga birinchi urinish boʻlgan va ertalab sakkizdan keyin Tetkinoda chegara hududiga buzib kirishga uringan guruhlar tomonidan yana toʻrtta hujum sodir etilgan va hujum qaytarilgan.

Kechqurun Rossiya Mudofaa vazirligi yana bir bayonot berib, rossiyalik harbiylar va chegarachilar Belgorod va Kursk viloyatlariga bosqin uyushtirishga uringan 234 nafar ukrainalik diversantni oʻldirganini iddao qildi.

“Dushman 234 jangchisini, etti tankini, AQShda ishlab chiqarilgan uchta «Bredley» piyoda jangovar mashinasini va ikkita zirhli transport vositasini yoʻqotdi. Davlat chegarasini buzish holatlari kuzatilmadi”, — deyiladi xabarda.

Ukraina rasmiylari bu bayonotlarga izoh bermadi. Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh boshqarmasi faqat yuqorida qayd etilgan tuzilmalar Rossiya fuqarolaridan iborat ekanligini eslatdi, xolos.

Kursk maktab oʻquvchilari "soʻnggi voqealar tufayli" 13-15 mart kunlari masofaviy taʻʻlimga oʻtkazildi.

Mavzuga aloqador