04.07.2025 06:20
137

Rossiya Afgʻoniston Islom Amirligini rasman tan oldi



Rossiya Afgʻoniston Islom Amirligini rasman tan olgan dunyodagi birinchi davlatga aylandi. Rus diplomati Dmitriy Jirnovning aytishicha, Putin Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov taklifi bilan Afgʻoniston Islom Amirligini tan olishga qaror qilgan. Bu qaror esa "Rossiyaning Afgʻoniston bilan toʻlaqonli sheriklik oʻrnatishga boʻlgan intilishini namoyish etadi".

Oldinroq, Afgʻonistonning Rossiyadagi yangi elchisi Gul Hasan vazifasini bajarishga kirishgani haqida xabar bergandik.

Maъlumot uchun, "Tolibon" harakati 2003 yilda Rossiyada terrorchi tashkilot deb tan olingandi.
2021 yilda "Tolibon" hokimiyat tepasiga kelganidan soʻng Rossiya ular bilan faol hamkorlik qila boshladi. 2024 yil dekabrь oyida esa davlat dumasi tashkilotni sud qarori bilan terroristik tashkilotlar roʻyxatidan chiqarish imkonini beruvchi qonunni qabul qildi. Qonunni Vladimir Putin imzoladi. 2025 yil mart oyi oxirida bosh prokuratura Oliy sudga "Tolibon" faoliyatiga qoʻyilgan taqiqni toʻxtatib turishni soʻrab murojaat qildi. Aprelь oyida sud Rossiyadagi taqiqni toʻxtatdi.

Mavzuga aloqador