02.09.2025 06:54
121
Rosiya Xitoyning xomashyo bazasiga aylanib bormoqda
Soʻnggi yillarda Gʻarbning sanktsiyalari tufayli Rossiyaning asosiy eksport bozorlari yopildi. Oqibatda Moskva oʻzining eng muhim resurslarini Xitoyga yoʻnaltirishga majbur boʻlmoqda.
Bloomberg nashri maъlumotlariga koʻra, 2023–2024 yillarda Rossiya Xitoyning eng yirik neftь etkazib beruvchisiga aylandi. Shu bilan birga, Xitoy import qilayotgan rus nefti narxi Brent brenchmarkidan 20–30% arzonroq sotilmoqda. Bu Moskva uchun katta moliyaviy yoʻqotish demakdir.
Financial Times'ning yozishicha, Rosneftь, Lukoyl kabi yirik kompaniyalar koʻrayotgan foyda ikki-uch barobarga kamaydi. Rossiya byudjeti esa neftь-gazdan tushadigan tushumlar qisqarishi sababli jiddiy defitsitga yuz tutmoqda.
Rossiya asosan xomashyo sotmoqda. Evaziga Xitoydan mashinalar, uskunalar va kiyim-kechak import qilyapti. The Economist tahlilchilari bu holatni “savdo balansi boʻyicha mustamlakachilik modeli” deb atagan. Yaъni, Moskva yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqara olmaydi. Xitoy esa undan arzon resurslarni olib, oʻzining tayyor mahsulotlarini ruslarga sotadi.
Misol uchun, 2024 yilgi Rossiya avtomobilь importining 70% dan ortigʻi Xitoyga tegishli. Bu esa rus sanoatining muqrarrar tanazzulga yuz tutayotganini koʻrsatadi.
Rosiya shu paytgacha oʻzini “energetik superdavlat” sifatida koʻrsatardi. Ammo bugun u Xitoy uchun oddiy xomashyo bazasiga aylanib qolmoqda.
Xitoy bu imkoniyatdan foydalanib, Rossiyani siyosiy va iqtisodiy jihatdan yanada oʻziga qaram qilishga harakat qilyapti. Natijada Moskva tashqi siyosatda mustaqilligini yoʻqotib, Pekinning manfaatlari bilan hisoblashishga majbur boʻlyapti.