25.07.2025 17:13
183

Ramzan Qodirov kasalxonada: Rossiya yangi nomzodlarni koʻryaptimi?



Bir qancha nashrlar Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning Bodrumda  dam olayotgan paytida ahvoli yomonlashgani haqida xabar berdi. Qayd etilishicha, Qodirov 24 iyulь kuni tush payti suvda choʻmilayotganda ahvoli keskin yomonlashgan, nafas olishi qiyinlashgan va uning choʻkib ketishiga oz qolgan. Qodirovni sohilga chiqarib, birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan va tez tibbiy yordam mashinasida kasalxonaga etkazilgan.

“Novaya gazeta” maъlumotiga koʻra, 2019 yil yanvarь oyida Checheniston rahbarida oshqozon osti bezi nekrozi aniqlangan, 2022 yil bahoridan uning sogʻligi yomonlasha boshlagan. Yana shu nashrning yozishicha, Rossiya prezidenti maъmuriyati Chechenistonda hokimiyat almashishi stsenariysini ishlab chiqmoqda, chunki 48 yoshli Qodirovning sogʻligʻi boʻyicha umid yoʻq. Jurnalistlarning maъlumotlariga koʻra, ehtimoliy voris sifatida “Axmat” boʻlinmasi qoʻmondoni Apti Alaudinov tilga olingan.

Mavzuga aloqador