12.03.2025 07:35
175
Ramazonning ilk oʻn kunida Masjidi Nabaviyda 10 mln ga yaqin namozxon ibodat qildi
Ramazonning birinchi oʻn kunida Masjidi Nabaviy va uning hovlislarida 9 705 341 nafar namozxon ibodat qildi. Bu haqda Saudiya Arabistonining «Alь-Arabiya» nashri xabar berdi.
Saudiya Arabistonidagi Masjidi Harom va Masjidi Nabaviy ishlari boʻyicha Bosh boshqarma ziyoratchilarga yuqori darajada xizmat koʻrsatishni taъminladi. Shuningdek, masjid galereyalariga kirishni engillashtirib, asosiy va yordamchi yoʻlaklarda nazoratchilarni joylashtirdi. Bu esa ziyoratchilar va namozxonlarning erkin harakatlanishiga yordam berdi.
Ayni vaqtda, Makkadagi Masjidi Harom ham rekord darajada ziyoratchi qabul qilmoqda. 2024 yil 3 mart kuni juma namozida Masjid va uning atroflarida 2,5 milliondan ortiq kishi ibodat qildi. Bu haj va umra mavsumidagi eng yuqori koʻrsatkichlardan biri boʻldi.