Madinadagi Masjidi Nabaviyga 8-15 dekabrʻ kunlari 5 mln nafardan ortiqroq ziyoratchi tashrif buyurdi.

Madinadagi Masjidi Nabaviyga oʻtgan haftada misli koʻrilmagan miqdorda – 5 mln musulmon ziyoratchi tashrif buyurdi, deya xabar qildi GulfNews Masjidi Nabaviy ishlar boʻyicha bosh boshqarmasi maʻʻlumotlariga tayangan holda.

Xabarda aytilishicha, 8-15 dekabrʻ kunlari unga 5 million 119 ming dindor tashrif buyurgan. Ulardan 501 938 nafari paygʻambar Muhammad (sallollohu alayhi va sallam) qabrlarini ziyorat qilishga muvaffaq boʻlgan.

Shuningdek, bir hafta davomida 87 mingdan ortiq ziyoratchilar oʻnlab tillardagi tarjimonlar xizmatidan foydalanishgan. Hafta mobaynida 13584 kishi Masjidi Nabaviy kutubxonasiga tashrif buyurdi, 4783 nafar dindor ziyoratgoh hududidagi muzey va koʻrgazmalarga tashrif buyurdi.

Bundan tashqari, hukumat namozxonlarga 111 600 shisha zamzam suvi tarqatdi.

Shuningdek, 92 992 ta iftorlik dasturxoni yozilib, 42 125 ta sovgʻa-salomlar tarqatilgan.

Mavzuga aloqador