28.02.2024 07:50

Ramazongacha Gʻazoda sulh tuziladimi?

AQSh prezidenti Jo Bayden dushanba kuni Gʻazoda sulh kelasi haftagacha boshlanishiga umid bildirdi. Ushbu bayonot Qatardagi muzokaralar vaqtiga toʻgʻri keldi. Isroil esa HAMAS yoʻq qilinmaguncha urushni toʻxtatmasligini ochiq aytishda davom etmoqda. Ramazongacha Gʻazoda sulh tuziladimi?

AQSh prezidenti Jo Bayden dushanba kuni Gʻazoda sulh kelasi haftagacha boshlanishiga umid bildirdi.

“Biz [sulhga] allaqachon yaqinmiz. Hali [muzokaralarni] tugatmadik. Umid qilamanki, kelasi dushanbagacha sulhga erishamiz”, - dedi Bayden jurnalistlarga.

Avvalroq Amerika tomoni 10 mart kuni - Ramazon boshlanishigacha urush harakatlarini toʻxtatib turish boʻyicha kelishuvga erishish uchun qattiq intilayotgani, AQShning yuqori darajadagi rasmiylari soʻnggi hafta davomida buning ustida ish olib borayotgani haqida xabar berilgan edi. AQSh rasmiylariga koʻra, optimizm Qatar va Isroil vakillari oʻrtasidagi uchrashuvlardan soʻng paydo boʻlgan.

Oʻz navbatida, Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Al Tani bilan uchrashgan HAMAS rahbari Ismoil Haniya oʻz guruhi urushni tugatish boʻyicha saʻʻy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashini aytdi va Isroilni azoliklar qamalda halok boʻlayotgan bir paytda vaqtni choʻzayotganlikda aybladi.

Isroil HAMAS toʻliq yoʻq qilinmaguncha urushni toʻxtatmasligini ochiq aytishda davom etmoqda, HAMAS esa urushni tugatish toʻgʻrisida kelishuvsiz asirlarni ozod qilmasligini taʻʻkidlamoqda.

Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtgan konferentsiyada Isroil iqtisodiyot va sanoat vaziri Nir Barkat Reuters agentligiga “Biz HAMASni er yuzidan yoʻq qilishga toʻliq tayyormiz”, dedi.

Maʻʻlumot uchun, dushanba kuni HAMASning yuqori martabali rasmiysi Sami Abu Zuhriy har qanday sulh uchun "tajovuzni toʻxtatish, ishgʻolni tugatish, koʻchirilganlarning qaytishi, yordam, uy-joy jihozlari va qayta tiklashni" talab qilishini aytdi.

Mavzuga aloqador