19.09.2025 16:37
107

Qotil kompaniyalar: Amazon, Google va Meta




Amazon, Google va Meta – zamonaviy dunyoning uch giganti, uch qotil kompaniya. Ushbu korporatsiyalar oʻzining sunъiy intellekt vositalari orqali bosqinchi isroilga kamxarajat qatliom mashinasini taqdim etmoqda. 

Kinolardagi dahshat haqiqatga aylanib ulgurdi: sunъiy intellekt nafaqat texnologik inqilob, balki musulmonlarni oʻldirish uchun ishlatiladigan qurolga aylandi. 

Sionist-fashistlar qoʻlidagi tizimlar nishonni belgilaydi, qaror chiqaradi va oʻldiradi. Lavender, The Gospel, The Alchemist, Fire Factory – bular oddiy dasturlar emas, balki oʻlim mashinalari.

“Lavender — falastinliklarni naqadar vatanparligiga, ularning tili bilan aytganda goʻyoki "terrorchilik" darajasiga qarab baholovchi sunъiy intellekt tizimi.

U telefon raqamlari, xabar guruhlari va raqamli izlarni tekshiradi. Natijada odamlarga 1 dan 100 gacha boʻlgan ball qoʻyiladi. Yuqori ball esa oʻlim roʻyxatiga kirish demakdir.

Qotil mashina roʻyxatiga tushgan shaxsni kuzata boshlaydi. U uyiga etib kelishi bilan tizim signal beradi. Uy bombalanadi, qurilmaga uy ichida yosh bola, ayol yoki keksa odam borligining qizigʻi yoʻq. Aslida maqsad ham shu – bu odamga tegishli hamma narsani yoʻqotish.

Qonxoʻr isroil faqat yuqori darajadagi HAMAS rahbarlarini nishonga olganida qimmat boshqariladigan raketalaridan foydalanadi. Qolganlar uchun esa arzon vayronkor bombalar: oqibatda har bir nishon evaziga oʻrtacha 30 nafar tinch aholi halok boʻladi. 

Afsuski, turli avtoritar rejimlar bugun oʻz xalqlarini nazorat qilish uchun Gʻazoda sinovdan oʻtgan yangi texnologiyalaridan foydalanmoqda.

Endi vahshiy jinoyatchilar yolgʻiz emas: ularni Google, Amazon va Microsoft kabi texnologiya gigantlari qoʻllamoqda.

Nimbus loyihasi orqali Google va Amazon isroilni bulut infratuzilmasi bilan taъminlayapti.

Meta esa ijtimoiy tarmoqlar orqali josuslik qilmoqda.

Falastinlik musulmonlar esa: Ibrohim alayhissalom olovga tashlanganida aytgan soʻzlarini takrorlashyapti: «Hasbunallohu va niъmal vakiyl», yaъni «Bizga yolgʻiz Allohning oʻzi kifoya. U qanday yaxshi vakildir». Alloh taolo birodarlarimizni oʻz panohida asrasin!

Mavzuga aloqador