10.07.2024 14:33

Meta "сионист" сўзидан фойдаланишни тақиқлади

Facebook, Instagram va WhatsApp egasi hisoblangan Meta kompaniyasi «sionist» soʻzi va uning hosilalarini oʻz ichiga olgan postlarga nisbatan siyosatiga oʻzgartirish kiritilishini eʻʻlon qildi va «yahudiylar» oʻrniga «sionizm» soʻzi ishlatilgan postlar oʻchirib tashlanishi haqida ogohlantirdi.

Meta ushbu cheklovlar oʻzining yaqindagi "himoyalangan milliy, irqiy yoki diniy xususiyatlar asoslariga hujumlarni taqiqlash” siyosatiga hamohang ekanini maʻʻlum qildi.

Joriy yil boshida Amnesty International inson huquqlari tashkiloti Facebook ijtimoiy tarmogʻida Isroilning bosqinchilik siyosatini qonuniy tanqid qilish maqsadida «sionizm» va «sionist» atamalaridan foydalanishni taqiqlamaslik kerakligini bildirgan edi.

«Sionizm» atamasi koʻpincha XIX asrda, yahudiy xalqi uchun milliy davlat yaratish maqsadi bilan Isroil tashkil etilishidan oldin boshlangan siyosiy harakat bilan bogʻliq.

Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligining soʻnggi maʻʻlumotlariga koʻra, Isroilning Gʻazo sektoriga hujumi natijasida 38 mingdan ortiq odam halok boʻlgan. Ayrim qurbonlar hali ham vayronalar ostida yoki borish qiyin boʻlgan hududlarda ekanligi, shuning uchun tez yordam va fuqarolik mudofaa guruhlari ularga etib bora olmayotgani taʻʻkidlandi.

 

Mavzuga aloqador