Evropada bedarak yoʻqolgan muhojirlar haqida maʻʻlumot toʻplovchi transchegaraviy jurnalistika loyihasi – “Lost in Europe” hayratlanarli koʻrsatkichni oshkor qildi. Loyiha ishtirokchilarining aniqlashicha, 2021-2023 yillar oraligʻida Evropaga kelgan 51 433 nafar bola bedarak ketgan.
“Lost in Europe” bu haqda Evropa Ittifoqining 27 davlati, shuningdek, Moldova, Norvegiya, Buyuk Britaniya va Shveytsariyadagi masʻʻullarga soʻrov joʻnatgan va atigi 13 nafar yosh bolaga oid maʻʻlumotlarni olishga muvaffaq boʻlgan.
"Voyaga etmagan muhojirlarning yoʻqolishi soni boʻyicha Italiya birinchi oʻrinda turadi – 22 899 nafar. Undan keyingi oʻrinlardan Avstriya (20 077), Belʻgiya (2 241), Germaniya (2 005) va Shveytsariya (1 226) joy olgan", – deyiladi loyiha hisobotida.
Qoʻshimcha qilinishicha, yoʻqolgan bolalarning haqiqiy soni bundan ham koʻp boʻlishi mumkin. Chunki maʻʻlumotlar koʻpincha bir-biriga mos kelmaydi va toʻliq boʻlmaydi. Eʻʻtiborlisi inson huquqlari haqida jar solayotgan koʻplab Evropa mamlakatlarida qashshoq oʻlkalardan kelib, bedarak yoʻqolgan yosh bolalarning hisobi yuritilmaydi.
Evropada bedarak yoʻqolgan bolalar tashkiloti bosh kotibi Aagʻe Iven bu raqamlarni "juda qoʻrqinchli" deb taʻʻrifladi.
"Huquqlari himoya qilinmayotgan muhojir norasidalarning koʻpayishi aysbergning suv ostidagi yashirin ulkan qismi borligini anglatadi. Bu esa evropaliklarning biz oʻylaganchalik insonparvar emasligidan nishonadir", degan u.

Mavzuga aloqador