13.01.2024 12:15

Qizil dengizdagi inqiroz sababli Tesla va Volvo Car ishlab chiqarishni toʻxtatdi

Qizil dengizda husiylar bilan bogʻliq vaziyat tufayli Tesla va Volvo Car Evropada ishlab chiqarishni vaqtinchalik toʻxtatishga qaror qildi. Global taʻʻminot zanjiriga Panama kanali sathining pasayishi ham taʻʻsir koʻrsatmoqda.

Tesla va Geely kompaniyasiga tegishli Volvo Car avtomobilʻ ishlab chiqaruvchilari Evropadagi ayrim zavodlar faoliyatini butlovchi qismlar etishmasligi sababli toʻxtatib turishga qaror qildi, deya xabar bermoqda Reuters. Bunga Qizil dengiz mintaqasidagi holat etkazib berish zanjiridagi uzilishlar sabab qilib keltirildi.

Payshanba Tesla Reuters agentligiga koʻplab kemalar Afrikaning janubiy uchi boʻylab yoʻnaltirilganidan soʻng butlovchi qismlar tanqisligi vujudga kelgani, shu sababli Berlin yaqinidagi zavodida aksariyat avtomobillarni ishlab chiqarish 29 yanvardan 11 fevralgacha toʻxtatilishini maʻʻlum qilgan.

"Qizil dengizdagi qurolli toʻqnashuvlar va u bilan bogʻliq Umid burni orqali Evropa va Osiyo oʻrtasidagi transport yoʻnalishlaridagi oʻzgarishlar Gryunxeyddagi ishlab chiqarishga taʻʻsir koʻrsatmoqda", - deyiladi kompaniya bayonotida.

Qayd etilishicha, tashish vaqtlarining sezilarli darajada uzayishi taʻʻminot zanjirlarida boʻshliqni keltirib chiqargan. Ayni paytda, Evropadagi zavodga elektromobillarning aynan qaysi butlovchi qismlari kelishi kechikayotgani aniqlashtirilmagan.

Shuningdek, Xitoyning Geely kompaniyasiga tegishli boʻlgan Volvo Car ham transmissiya etkazib berishdagi kechikishlar tufayli, kelgusi haftada uch kunga Belʻgiyaning Gent shahridagi zavodida ishlab chiqarishni toʻxtatib qoʻyishini maʻʻlum qildi.

Global miqyosda ishlab chiqarish va etkazib berishdagi uzilishlarga yana bir muhim dengiz savdo yoʻli - Panama kanali sathining qurgʻoqchilik oqibatida pasaygani ham salbiy taʻʻsir koʻrsatmoqda.

Mavzuga aloqador