05.12.2024 10:13

Qanday qilib AQShdagi ombor muvaffaqiyatli masjidga aylandi?


AQShning Shimoliy Karolina shtatidagi Apeks shahrida omborxonaga oʻxshash binoda masjid faoliyat koʻrsatmoqda. 2009 yilda ushbu hududda yashovchi yosh musulmonlar saʻʻy-harakatlari bilan ochilgan masjid bugun nafaqat namoz oʻqish joyi, balki koʻplab islomiy xizmatlarni koʻrsatuvchi markaz hamdir. Masjid asoschilaridan biri Xolid Shahu "Al-Jazira" telekanaliga bergan intervʻyusida masjidni yaratish jarayoni, ular duch kelgan qiyinchiliklar va masjid hozirda koʻrsatayotgan xizmatlar soʻzlab berdi.


Bu - Shimoliy Karolina shtatidagi Apeks shahri markazida joylashgan omborga oʻxshash yirik obʻʻekt. Uning islomiy maqsadini koʻrsatadigan yagona narsa - asosiy kirish eshigi oldiga ilingan ingliz tilidagi "Apeks masjidi" deb yozilgan peshlavha.

Taxminan 14 yil oldin bino ikkinchi foydalanilgan buyumlar sotish bozori sifatida ishlatilgan. Biroq 2008 yilgi moliyaviy inqiroz egasini biznesni yopishga va binoni sotuvga qoʻyishga majbur qildi. Xuddi shu paytda shahar musulmonlari jamiyati koʻpayib borayotgan musulmon oilalarining ehtiyojlarini qondirish maqsadida masjid uchun joy qidirib yurgandi. Chunki avvallari bir-birlarining uylarida navbatida bilan jamoat namoizlarini oʻqib yurgan musulmonlar uchun ortiq xonadonlar torliq qilib qolgandi.

Masjid asoschilaridan biri va Shimoliy Karolinadagi musulmonlar jamiyatining sobiq etakchisi Xolid Shahu "Al-Jazira" telekanaliga bergan intervʻyusida masjidni yaratish jarayoni, ular duch kelgan qiyinchiliklar va masjid hozirda koʻrsatayotgan xizmatlar soʻzlab berdi.

Shahuning aytishicha, Apeks masjidi ushbu hududda yashovchi, ezgulik va jamiyatga xizmat qilish gʻoyasi atrofida jamlangan bir guruh yoshlarning saʻʻy-harakatlari natijasida paydo boʻlgan. Dastlab, eng boshida ular uylarida navbatma-navbat namoz oʻqib, maʻʻrifiy tadbirlar oʻtkazishar edi. Biroq ishtirokchilar soni koʻpayishi bilan yanada kengroq binolarga ehtiyoj paydo boʻldi.

2006 yildan mos joyni faol qidirish boshlandi. 2009 yilda uzoq qidiruvlardan soʻng sobiq bozor binosini topishdi. Avvaliga bir necha million dollarlik narx yorligʻi bino toʻgʻri kelmasligini anglatgandek boʻldi, ammo ular egasi bilan boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha kelishib olishdi. Binoni moliyalashtirish va moslashtirish uchun bino egasiga shariat tamoyillariga muvofiq boʻlgan, foizli bank kreditlarini istisno qiluvchi usul taklif qilindi. Advokat bilan maslahatlashgandan soʻng, egasi binoni boʻlib-boʻlib sotishga rozi boʻldi. Bu jarayonni ancha osonlashtirdi.

Bundan tashqari, mulk allaqachon diniy yigʻilishlar uchun mos joy sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan, bu esa qoʻshnilarning roziligini olish zaruratini bartaraf etdi. Bino egasining koʻmagida barcha zarur taʻʻmirlash ishlari tezkorlik bilan yakunlanib, qonuniy ruxsatnomalar olindi. 2009 yil may oyida masjid ochildi.

Qiyinchiliklar va toʻsiqlar 

Asosiy qiyinchilik moliyaviy majburiyatlar edi: binoni sotib olish 3,6 million dollarga tushdi, oylik toʻlov esa 20 000 dollarni tashkil etdi. Bundan tashqari, masjidni saqlash va tadbirlarni tashkil qilish uchun ham mablagʻ talab qilinardi.

Dastlab jamoa kichik edi va baʻʻzi aʻʻzolar bunday keng koʻlamli loyihani amalga oshirish mumkinligiga shubha qilishdi. Shunga qaramay, jamiyat aʻʻzolarining birdamligi va samimiy fidoyiligi tufayli loyiha muvaffaqiyatli amalga oshdi. «Nafis» jamgʻarmasi ham moliyaviy yordam koʻrsatdi, bu esa qarzni 10 yildan kamroq vaqt ichida toʻliq qoplash imkonini berdi.

15 yillik faoliyati davomida Apeks masjidi nafaqat namoz oʻqiladigan joy, balki ijtimoiy va maʻʻrifiy faoliyat markaziga ham aylandi. Muntazam namoz va juma xutbalaridan tashqari: maktabgacha yoshdagi bolalar uchun "Al-Manara" maktabi; Yakshanba maktabi; Yoshlar markazi; Ayollar uchun Qurʻʻon oʻrganish dasturi ham faoliyat koʻrsatmoqda.

Masjid mintaqadagi musulmon tashkilotlari saʻʻy-harakatlarini muvofiqlashtirish uchun Shimoliy Karolina imomlar kengashining tashkil etilishida muhim rolʻ oʻynadi. 
Mahalliy hamjamiyat bilan aloqalar 
Shahu musulmon boʻlmagan aholi bilan aloqa oʻrnatish muhimligini taʻʻkidladi. Masjidda “Ochiq eshiklar” kabi tadbirlar tashkil etilib, axborot materiallari tarqatilmoqda, mahalliy hokimliklar bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, yongʻin xavfsizligi boʻlimi bilan hamkorlik qilinmoqda.

Shu bilan birga, Shahu ayniqsa islomofobiya kuchayib borayotgan bir sharoitda bu saʻʻy-harakatlarni kuchaytirish va tizimlashtirish zarurligini taʻʻkidladi. Oʻzlikni saqlash va integratsiya Qoʻshma Shtatlardagi musulmon jamiyati oldidagi asosiy muammolardan biri: jamiyatga bir vaqtning oʻzida integratsiyalashgan holda oʻzligini saqlab qolishga kuchli ehtiyoj sezmoqda.

Mavzuga aloqador