03.10.2025 06:20
57

Putin Trampning Gʻazo boʻyicha rejasini shartli ravishda qoʻllab-quvvatlashini maъlum qildi




Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh davlat rahbari Donalьd Trampning Gʻazo boʻyicha rejasi haqida bayonot berdi. Gʻazodagi vaziyatning halokatli ekanini tilga olgan Putin, "Trampning rejasi "ikki davlat echimi"ga hissa qoʻshsagina, uni qoʻllab-quvvatlashi"ni maъlum qildi.

Putin Gʻazodagi vaziyatni insoniyat tarixidagi eng dahshatli voqea deb atab, Mahmud Abbos hukumati Gʻazo ustidan nazoratni qoʻlga olishi kerakligini taъkidlagan. 

Shunga qaramay Rossiya prezidenti HAMAS vakillari bilan ham aloqada ekanini qoʻshimcha qilgan.

Bundan tashqari, Putin Kiev va Gʻarbning aloqalariga ham toʻxtalib, Evropa davlatlari Ukraina xalqiga achinmasligini, balki ularni "ortiqcha xarajat" deb bilishini aytgan.

Mavzuga aloqador