20.08.2025 09:43
30
Putin "Qora shahzoda"ga Tramp bilan uchrashuv natijalarini gapirib berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh etakchisi Donalьd Tramp bilan oʻtkazgan muzokaralaridan soʻng Saudiya Arabistoni voris shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan qoʻngʻiroqlashdi. Oʻzaro suhbatda Putin va Trampning Alyaskadagi kelishuvlari haqida gap borgan. Bu haqda Kremlь matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, muloqot markazida Moskva va ar-Riyodning siyosat, savdo, iqtisod va investitsiyalar sohasidagi hamkorlik masalalari ham boʻlgan. Shu bilan birga, ikki mamlakat rahbarlari "OPEK plyus" formatidagi hamkorlikni yuqori baholashgan. Turli darajalarda aloqalarni davom ettirish toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan.
Gap shundaki, 15 avgust kuni Alyaskada Rossiya va AQSh rahbarlari Ukrainadagi nizoni hal qilish yoʻllarini muhokama qilishgandi. Ikki prezident muzokaralarga ijobiy baho berdi.