Kursk viloyatidagi vaziyat qanday?
Rossiya qoʻshinlari 10 ga yaqin aholi punktini qaytarib oldi, deya maʻʻlum qildi general-mayor Apti Alaudinov. Turli manbalar ham Rossiyaning qarshi hujumga oʻtganini tasdiqladi. Maʻʻlumotlarga koʻra, rus qoʻshinlari taxminan 150 kv km maydonda oldinga siljigan.
11 sentyabrʻ kuni Rossiya qoʻshinlari 6 avgustdan buyon bir qismi Ukraina Qurolli
Kuchlari nazorati ostida qolayotgan Kursk viloyatida qarshi hujumlarni boshladi. “Axmat” maxsus kuchlari qoʻmondoni
general-mayor Apta Alaudinovning soʻzlariga koʻra, Rossiya kuchlari 10 ga yaqin
aholi punkti ustidan nazoratni tiklagan.
"Kursk yoʻnalishining oʻng qanoti bizga topshirilgan, boʻlinmalarimiz allaqachon
pastdan hujumga oʻtdi. Kecha va bugun Kursk viloyatidagi jami 10 ga yaqin aholi
punktlari bu yoʻnalishda ozod qilindi”, — dedi Alaudinov.
Rossiya Mudofaa vazirligi 10 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi
asirga olingani va kuniga 350 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchining Kursk
yoʻnalishida halok boʻlganini eʻʻlon qildi.
Turli manbalarga koʻra, rus qoʻshinlari taxminan 150 kv km maydonda oldinga siljigan.
Qarshi hujumda 155 va 810-brigadalarning dengiz piyodalari, shuningdek,
56-havo-desant polki ishtirok etmoqda.
Ukrainaning DeepState OSINT-loyihasi Rossiyaning qarshi hujumi
haqidagi maʻʻlumotni tasdiqladi. “[Ukraina] guruhimizning Kursk viloyatidagi chap
qanotidagi vaziyat yomonlashdi”, deyiladi xabarda.
Harbiy tahlilchilarning taʻʻkidlashicha, Rossiya armiyasining
asosiy maqsadi Glushkovskiy tumanini
ozod qilish boʻlishi mumkin. Mutaxassislar, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlarining
asosiy taʻʻminot magistralidan uzoqda joylashgan hujum uchun tanlangan joyning
strategik ahamiyatini taʻʻkidlamoqda.
Eslatib oʻtamiz, Ukraina qurolli kuchlari 6 avgust kuni Kursk
viloyatiga hujum qilib, 100 ga yaqin aholi punktlari joylashgan 1300 kv km dan ortiq maydonni egallagan edi. Rossiya
prezidenti Vladimir Putin dushmanni Kursk viloyatidan siqib chiqarish va
fuqarolarni himoya qilish Rossiya qurolli kuchlari uchun “muqaddas burch” ekanini
aytdi.