08.07.2025 13:24
36
Putin ishdan boʻshatgan vazir oʻzini otib oʻldirdi
Kecha, 7 iyulь kuni Rossiya Transport vazirligi rahbari Roman Starovoyt mamlakat prezidenti Vladimir Putinning farmoni farmoni bilan lavozimidan olingandi.
Shundan soʻng, 53 yoshli Starovoytning jasadi oʻqotar quroldan olingan jarohatlar bilan Odinsovo shahar okrugi hududidan topildi.
Starovoyt halok boʻlgan joyda unga mukofot sifatida berilgan toʻpponcha ham boʻlgan. U aynan Ichki ishlar vazirligi rahbariyatidan olgan mukofot qurolidan oʻzini otib oʻldirgani taxmin qilinmoqda.
Starovoyt bir yildan sal koʻproq vaqt – 2024 yil may oyidan beri vazir lavozimida ishlab kelgan. Bungacha u besh yildan ortiq vaqt davomida Kursk oblasti gubernatori boʻlgan.
Starovoytdan keyin gubernator vazifasida ishlagan Aleksey Smirnov esa tezda isteъfoga chiqqan hamda 2025 yil aprelda Ukraina bilan chegarada mudofaa inshootlari qurilishi uchun ajratilgan mablagʻlardan 1 mlrd rublni oʻgʻirlashda gumonlanib hibsga olingandi.