Polʻshada muhojirlarga qarata oʻq otishga ruxsat berildi
Polʻsha deputatlari koʻpchilik ovoz bilan harbiylar va chegarachilarga Belarusdan mamlakatga noqonuniy yoʻl bilan oʻtmoqchi boʻlgan muhojirlarga haqiqiy oʻqlardan otish imkonini beruvchi yangi qonunni qabul qilishdi. Qonun oʻtgan haftada muhojir Belarus hududidan turib uloqtirgan nayzadan halok boʻlgan polʻshalik chegarachining fojiali oʻlimi ortidan qabul qilindi.
Polʻsha deputatlari koʻpchilik ovoz bilan harbiylar va
chegarachilarga Belarusdan mamlakatga noqonuniy yoʻl bilan oʻtmoqchi boʻlgan
muhojirlarga haqiqiy oʻqlardan otish imkonini beruvchi yangi qonunni qabul qilishdi.
Qonun oʻtgan haftada muhojir Belarus hududidan turib uloqtirgan
nayzadan halok boʻlgan polʻshalik chegarachining fojiali oʻlimi ortidan qabul qilindi.
Polʻsha
Seymida qonun qabul qilinishi uchun 401 nafar parlamentariy ovoz berdi, faqat 17
nafari qarshi chiqdi.
Yangi qonun qurol olib yurgan ofitserlarni “davlat chegarasi yaxlitligiga noqonuniy
hujum” paytida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining “hayoti, sogʻligʻi
va erkinligi” xavf ostida boʻlganida, oʻzini himoya qilish yoki “oldini olish”
maqsadida foydalansa, javobgarlikdan ozod qiladi.
Shanba kuni Polʻsha askarlari va chegarachilari yana koʻp sonli noqonuniy muhojirlar bilan bogʻliq mojaroga duch
kelishdi. Polʻsha
ommaviy axborot vositalarida tarqalgan videotasvirlarda harbiylar qalqon ortida mudofaa
chizigʻini tashkil qilgani, muhojirlar guruhlari yigirma metr narida turgani aks
etgan. Muhojirlardan biri chegarachilar tomon nayza uloqtirgan, chegarachilar esa ularga qarata elektroshok snaryad irgʻitgan.
Amnesty International
tashkiloti yangi qonunni tanqid qilib, bu xavfli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini qayd
etdi.
Polʻsha-Belarus
chegarasini buzib oʻtishga urinayotgan qochqinlar asosan Iroq, Afgʻoniston, Yaqin Sharq va Afrika
davlatlaridan. Ularning soni muttasil oʻsib bormoqda - 2023 yilda qoʻshni
Belarusdan Polʻshaga
26 mingga yaqin muhojir kelgan. Bu 2022 yilga nisbatan qariyb 10 mingtaga
koʻpdir.