09.11.2024 10:05

Pokistondagi temir yoʻl vokzalida yuz bergan portlashda kamida 20 kishi halok boʻldi

Pokiston janubi-gʻarbidagi temir yoʻl vokzalida yuz bergan portlashda kamida 20 kishi halok boʻldi, yana 30 kishi yaralandi. Portlash qurbonlari soni ortishi mumkin.

Pokiston janubi-gʻarbida joylashgan Balujiston viloyatidagi Kvetta temir yoʻl vokzali yaqinida portlash oqibatida kamida 20 kishi halok boʻldi, 30 kishi yaralandi. Geo News telekanali maʻʻlumotlariga koʻra, portlash vokzal kassasida poezd perronga etib kelishidan oldin sodir boʻlgan.

“Bekatdagi odamlarning odatdagi olomonini hisobga olsak, qurbonlar sonining koʻpayishi xavfi yuqori”, deyiladi xabarda.

Politsiya va qutqaruvchilar portlash joyiga etib borgan, Kvetta kasalxonasida favqulodda holat eʻʻlon qilindi, qoʻshimcha shifokorlar va yordamchi xodimlar jalb qilindi.

Qayd etilishicha, poezd Peshovarga ertalab soat 9 da joʻnab ketishi kerak boʻlgan.

Mavzuga aloqador