01.04.2024 12:54

Pokistonda jangarilar hujumi oqibatida ikki askar halok boʻldi

Pokistonning Balujiston viloyatida bir guruh sapyorlar jangarilar hujumiga uchradi. Natijada ikki harbiy halok boʻldi, toʻrt nafari jarohatlandi. Yil boshidan buyon mamlakatning ikkita viloyatida 200 dan ziyor qoʻporuvchilik harakati sodir etilib, 281 nafar tinch aholi vakillari va xavfsizlik xodimlari halok boʻldi. 48 ta aksilterror amaliyoti davomida esa 151 nafar jangari zararsizlantirildi.

Pokistonning Balujiston viloyatida jangarilarning sapyorlar guruhiga uyushtirgan hujumi natijasida ikki harbiy halok boʻldi, yana toʻrt nafari yaralandi.

Balujistonning Gvadar tumanida jangarilar Akkra-Kaur toʻgʻoni atrofida minalardan tozalash guruhiga hujum qildi, deb xabar berdi Dawn nashri.

Hozircha hech qaysi guruh hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmadi.

Islomobodda joylashgan Tadqiqot va Xavfsizlik Tadqiqotlari Markazi (CRSS) tomonidan eʻʻlon qilingan hisobotga koʻra, 2024 yilning birinchi choragida mamlakat boʻylab terroristik hodisalar eng koʻp sodir boʻlgan shtatlar Balujiston va Xaybar Paxtunxva boʻlgan.

Joriy yilning birinchi choragida Xayber-Paxtunxva va Balujistonda sodir etilgan 200 ta qoʻporuvchilik harakatida 281 nafar tinch aholi vakillari va xavfsizlik xodimlari halok boʻldi. Pokiston xavfsizlik kuchlari tomonidan oʻtkazilgan 48 ta aksilterror amaliyoti davomida esa 151 nafar jangari zararsizlantirildi.

Mavzuga aloqador