Pokistonda 25 nafar harbiy halok boʻldi, 27 jangari yoʻq qilindi
Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatida 25 askar halok boʻldi. Bundan tashqari, 27 nafar jangari yoʻq qilindi, deya xabar qildi Anadolu.
Pokiston
armiyasi maʻʻlumotlariga koʻra, ertalab Dera Ismoil Xon tumanidagi xavfsizlik
postlaridan birida xudkush-terrorchi va bomba oʻrnatilgan avtomobilʻ portlagan. Terakt
oqibatida 23 nafar harbiy xizmatchi halok boʻldi. Shu bilan birga, 6 nafar jangari
yoʻq qilingan.
Qayd etilishicha, bino qulab tushgani uchun qurbonlar soni koʻp boʻlgan, jarohatlanganlar ham bor.
Bundan tashqari, Pokiston xavfsizlik kuchlari Dera Ismoil Xon
tumanidagi Darazinda va Kulachi mavzelarida ham amaliyot oʻtkazdi. Darazinddagi
toʻqnashuvlarda 17 nafar jangari, Kulachida 4 nafar jangari zararsizlantirildi. Bundan tashqari,
ikki pokistonlik harbiy halok boʻlgan.
Pokiston armiyasi jangarilar qaysi tashkilotga aʻʻzo ekani
haqida maʻʻlumot bermagan.