Pokiston va Eron yarashishga kelishib oldi
Pokiston va Eron bir-birlarining hududlaridagi “terroristlar obʻʻektlari”ga havo hujumlarini uyushtirganidan soʻng vaziyatni yumshatish va yarashib olishga qaror qildi. Har ikki tomondan 11 tinch aholi vakili, jumladan, 3 ayol va 6 bola halok boʻlgani bildirildi...
Pokiston
va Eron bir-birlarining hududlaridagi “terroristlar obʻʻektlari”ni nishon
sifatida koʻrsatib, havo hujumlarini amalga oshirganidan soʻng yarashib olishga qaror
qildi. Tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qilib, vaziyatni yumshatish
boʻyicha kelishib olishdi.
Bu haqda
Pokiston tashqi ishlar vazirligi ikki davlat vazirlari Jalil Abbos Jiloniy va
Husayn Amir Abdullaxon oʻrtasidagi telefon muloqoti yakunlari boʻyicha maʻʻlum
qildi.
Suhbat
chogʻida vazirlar keskinlikni yumshatish boʻyicha kelishib oldi hamda terrorizmga qarshi
kurash va “oʻzaro manfaatli boshqa jihatlar” boʻyicha hamkorlikni kuchaytirish
zarurligini taʻʻkidlashdi. Ular, shuningdek, ilgari chaqirib olingan elchilarni
qaytarish masalasini ham muhokama qildilar.
Eslatib
oʻtamiz, dastlab 16 yanvarʻ kuni Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi
Pokistonga havo hujumi uyushtirdi; Eronning Siston va Balujiston viloyatidagi ayirmachilarni
qoʻllab-quvvatlovchi “Jaysh al-Adl” (“Adolat armiyasi”) harakati obʻʻektlariga zarba
berilgani maʻʻlum qilindi.
Islomobod
Tehronning harakatlarini qoralab, zarbalar natijasida ikki bola halok boʻlgani,
yana uch nafari yaralanganini aytdi. Shuningdek, mamlakat Erondagi elchisini
chaqirib oldi.
Ikki kundan keyin Pokiston Eron hududidagi “terrorchilar boshpanalari”ga
zarba bergani va “bir nechta jangarilarni” yoʻq qilganini bildirdi. Hujumga qaramay, Islomobod Eron
suverenitetini hurmat qilishini aytdi. Eron esa 9 kishi, jumladan, uch ayol va toʻrt
bolaning oʻlimi haqida xabar berdi, Tehron qoʻshni davlatning muvaqqat ishlar
vakilini Tashqi ishlar vazirligiga chaqirdi.
BMT, AQSh va
boshqa mamlakatlar tomonlarni vazminlikka chaqirdi, Xitoy esa kelishuvga
vositachilik qilishni taklif etdi.