Pokiston armiyasi mahalliy ishlab chiqarilgan Fatah-II nomli qisqa masofali boshqariladigan raketa tizimini muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazganini eʻʻlon qildi. Bayonotda qayd etilishicha, ushbu raketa tizimi zamonaviy navigatsiya tizimiga, noyob traektoriya va manevr qobiliyatiga ega. Shuningdek, raketa 400 kilometr masofagacha uchaoladi.


Qisqa masofali boshqariladigan raketa zamonaviy navigatsiya tizimiga, noyob traektoriya va manevr qobiliyatiga ega, deyiladi bayonotda.

Shu bilan birga, Fatah-II raketa tizimi 400 kilometrgacha uchish masofasiga ega.  Ushbu tizim dushman hududiga chuqur zarba berish uchun moʻljallangan.

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif raketa tizimini yaratishda ishtirok etgan olimlar va muhandislarni, shuningdek, uchirishni muvaffaqiyatli amalga oshirgan harbiy xizmatchilarni tabrikladi.

Mavzuga aloqador