07.05.2025 01:48
117
Pokiston harbiy-havo kuchlari Hindistonning ikkita qiruvchi samolyotini urib tushirdi
Pokiston havo kuchlari Hindistonning ikkita qiruvchi samolyotni urib tushirdi. Bu haqda PTV News maъlum qildi.
Qayd etilishicha, Pokiston qurolli kuchlari dushman agressiyasiga munosib javob qaytarmoqda.
Xavfsizlik manbalariga kõra, Pokiston armiyasi javob hujumi doirasida Hindiston boʻlinmasi shtab-kvartirasiga zarba bergan.
Raketa zarbalari oqibatida ikki davlat oʻrtasida joylashgan nazorat-oʻtkazish punkti vayron boʻlgan.
Pokistonning Samaa TV telekanaliga koʻra, Islom Respublikasi oʻz havo hududini 48 soatga yopgan va barcha ichki va xalqaro reyslarni toʻxtatgan.