Peterburgda jumaga ketayotgan musulmonlar daryoga qulagan avtobus yoʻlovchilarini qutqardi
Sankt-Peterburgda 20 nafar yoʻlovchisi boʻlgan avtobus boshqaruvni yoʻqotib, Moyka daryosiga quladi. Hodisa oqibatida etti kishi halok boʻlgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga etib kelgunga qadar, juma namoziga ketayotgan dogʻistonlik musulmonlar birinchi yordam koʻrsatishdi.
gʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻ
Kecha, 10 may kuni Sank-Peterburg shahrida Avtobus boshqaruvni yoʻqotib, koʻprikdan Moyka daryosiga qulagan. Hodisa oqibatida etti kishi halok boʻlgan, 8 nafar yoʻlovchiga qutqaruvchilar tomonidan yordam berilgan, 10 nafarga yaqin kishi oʻz-oʻzidan chiqib ketishga muvaffaq boʻlgan, olti kishi kasalxonaga yotqizilgan.
Maʻʻlum boʻlishicha, choʻkib ketgan transport vositasining haydovchisi 44 yoshli Tojikistonlik Rahmat Qurbonov boʻlgan. Hozir u hibsga olingan.
Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, 6 nafar koʻngilli kamida 2 nafar avtobus yoʻlovchisini saqlab qolishga muvaffaq boʻlgan. 7 daqiqa ichida professional qutqaruvchilar favqulodda hodisa joyiga etib borishdi va keyingi zarur yordamni koʻrsatishdi.
Davlat Dumasi deputati Sulton Xamzaevga koʻra, qutqaruvchilarning uch nafari dogʻistonlik Idris Gadjiev, Shaxban Jabrailov va Muhammad Hasanovlar boʻlgan. Ular juma namoziga ketayotgan paytda choʻkib ketgan avtobusdagi odamlarga birinchilardan boʻlib yordamga kelgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshligʻi Kurenkov odamlarni qutqarishga yordam berganlarni Favqulodda vaziyatlar vazirligining "Suvda halok boʻlganlarni qutqargani uchun" medali bilan taqdirlashni taklif qildi.
Avvalroq Peterburglik bogʻbon Olimjon Ibrohimov oʻz hayotini xavf ostiga qoʻyib, yonayotgan xonadondan bir necha ayolni qutqarib qolgani haqida xabar berilgan edi.