15.02.2025 10:54
386

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev Suriyaning yangi rahbari Ahmad al-Sharъga maktub yoʻlladi



Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev Suriyadagi siyosiy oʻzgarishlar munosabati bilan mamlakatning oʻtish davri prezidenti Ahmad al-Sharъga maktub yoʻlladi.

Maktubda Ilhom Aliev Ahmad al-Sharъni ushbu lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, Ozarbayjon Suriya bilan doʻstlik va hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga katta ahamiyat berishini taъkidladi. Uning qayd etishicha, Ozarbayjon Suriyaga mazkur muhim oʻtish davrida zarur yordam koʻrsatishga tayyor.

Prezident Aliev Ozarbayjon-Suriya munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi. Shu munosabat bilan u Suriya rahbarini rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonga kelishga taklif qildi.

Mavzuga aloqador