26.11.2024 11:43
Oyatulloh Xomanaiy: Netanʻyaxuni hibsga olish etarli emas, qatl qilinishi kerak
Eron diniy rahbari Oyatulloh Xomanaiy Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanʻyaxuni hibsga olish uchun order berilishini etarli emas chora deb atadi. Uning fikricha, Netanʻyaxu qatl qilinishi ham kerak.
Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi tomonidan Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanʻyaxuga nisbatan hibsga olish uchun order etarli emas. Bu haqda Eronning diniy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy maʻʻlum qildi, deb xabar beradi Eronning IRNA rasmiy axborot agentligi.
“Sionistik rejim Gʻazoda harbiy jinoyat sodir etmoqda. Hibsga olish toʻgʻrisida order berish etarli emas. Netanʻyaxu va bu rejimning jinoyatchi rahbarlariga oʻlim jazosi berilishi kerak”, — dedi Xomanaiy "Basij" militsiyasi aʻʻzolari bilan uchrashuvda.
Eslatib oʻtamiz, 21 noyabrʻ kuni Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Binʻyamin Netanʻyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni Gʻazo sektorida sodir etgan harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun hibsga olishga order berdi.