20.11.2024 11:52

Shveytsariyada niqob va burqa taqiqi kuchga kiradi


Shveytsariyada jamoat joylarida niqob va burqa taqiqi 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Taqiq Shveytsariyada 2021 yilgi referendumda oz sonli ustunlik bilan maʻʻqullangan edi.

Ushbu taqiqning buzilishi 1144 dollargacha jarimaga olib kelishi mumkin.

Taqiq samolyotlar, diplomatik yoki konsullik idoralariga taalluqli emas, shuningdek, masjidlarda va boshqa muqaddas qadamjolarda ham yuzni yopish mumkin, deya qoʻshimcha qildi hukumat aʻʻzosi.

Salomatlik va xavfsizlik nuqtai nazaridan, shuningdek, mahalliy urf-odatlar va noqulay ob-havo sharoitida yuzni yopishga ruxsat beriladi. Bundan tashqari, badiiy va koʻngilochar tadbirlar va reklama maqsadida ulardan foydalanish mumkin.