“Oscar”ni qoʻlga kiritgan falastinlik rejissyor yahudiylar tomonidan kaltaklandi
«No Other Land» (Boshqa er yoʻq) hujjatli filmi mualliflaridan biri Xamdan Balal Gʻarbiy Sohilning janubiy qismidagi Susiya hududida isroillik harbiylar tomonidan hibsga olindi.
The Guardian nashrining maъlumotiga koʻra, niqob kiygan yahudiy koʻchmanchilar uni uyigacha taъqib qilib, kaltaklashgan va soʻngra isroil harbiylariga topshirishgan.
Guvohlarning aytishicha, hujumchilar Balalning avtomobiliga ham zarar etkazib, oynalarini sindirishgan va shinani teshishgan. Rejissyorning boshiga etkazilgan zarbadan jarohat olgani maъlum, biroq hozirgi sogʻligʻi haqida aniq maъlumot yoʻq.
Xamdan Balal Oskar mukofotiga sazovor boʻlgan «No Other Land» filmi mualliflaridan biri boʻlib, ushbu film Gʻarbiy Sohilda noqonuniy ravishda olib borilayotgan yahudiy koʻchmanchilarning er bosib olish siyosati haqida hikoya qiladi.