Falastin xalqi ogʻir sharoitlarda boshpanasiz qolmoqda
Ayrim xabarlarda Isroil harbiy kuchlari Falastinning Gʻarbiy Sohil hududida harbiy amaliyotlarini kengaytirib, Tulkarm shahridagi al-Muqata hududida yashovchilarga uylarini tark etish uchun yarim tungacha muhlat bergani aytilmoqda. Mahalliy manbalarga koʻra, harbiy harakatlar Gʻazo sektoridagi operatsiyalarning qayta boshlanishi fonida kuchaygan.
Soʻnggi haftalarda Isroil armiyasi Jeninga, Tulkarm va Tubasga, jumladan, u erdagi qochqinlar lagerlariga hujum qilib, oʻnlab tinch aholini shahid qildi. Rasmiy maъlumotlar 40 mingdan ortiq falastinlik majburiy ravishda oʻz uylarini tark etganini, qochqinlar lagerlarining infratuzilmasi esa jiddiy zarar koʻrganini tasdiqlamoqda.
Bosqin oqibatida minglab oilalar boshpanasiz qolgan. Ayrimlar qarindoshlari va tanishlari uylariga koʻchib oʻtgan boʻlsa, boshqalar masjidlar, maktablar va jamoat markazlarida vaqtincha boshpana topishga majbur boʻlgan. Eng ogʻir sharoitda qolgan oilalar togʻ va vodiylarda chodirlarda yashashga mahkum, suv, oziq-ovqat va eng zarur hayotiy ehtiyojlar haqida esa gap boʻlishi mumkin emas.
Jenin va uning qochqinlar lageri qariyb ikki oydan buyon – 61 kun davomida qamal holatida qolmoqda, Tulkarm va uning atrofidagi hududlar esa 55 kundan buyon blokada ostida.