11.10.2025 14:29
145
“Nobelь emas, Nasrulloh”: Eronda muqobil mukofot taъsis etilishi mumkin
Eron Ekspertlar kengashi raisining oʻrinbosari Abbos Kaabiy bayonot berib, tinchlik boʻyicha Nobelь mukofotining Venesuela muxolifati etakchisi Mariya Korina Machadoga berilishi uning “oʻz vazifasidan chekinishi” ekanini taъkidladi.
Shu munosabat bilan diniy arbob Kaabiy Nobel mukofoti oʻrniga isroil tomonidan oʻldirilgan "Hizbulloh" shia harakatining sobiq etakchisi Hasan nasrulloh sharafiga “Nasrulloh mukofoti”ni taъsis etishni taklif qildi.
Maъlumot uchun, venesuelalik Mariya Machado bosqinchi isroilning bolalarni qirgʻin qilishini qoʻllab-quvvatlagan hamda Netanьyaxuga xat yoʻllab, undan oʻz mamlakatiga ham hujum qilishini soʻragani aytiladi.