Nima uchun IShID AQSh yoki Gʻarb davlatlarida teraktlar uyushtirmaydi?
Surat:
Nima uchun
IShID AQSh yoki Gʻarb davlatlarida teraktlar uyushtirmaydi?
Moskvadagi teraktdan soʻng oʻrinli savol tugʻiladi: nega oʻzini Amerikaga qarshi tashkilot sifatida koʻrsatayotgan IShID terrorchilik xurujlarini AQSh yoki Gʻarb davlatlarida emas, Turkiya, Eron, Iroq, Afgʻoniston va Rossiyada amalga oshirmoqda?
"Tarixdagi
eng qonli terrorchi tashkilotlardan biri boʻlgan IShID oʻzining hujumlarini Turkiyani
ham qamrab oluvchi bir mintaqa chegarasida amalga oshirishi eʻʻtiborlidir", -
deydi Sabah nashrining Turkiya razvedkasidagi anonim manbasi.
Jumladan,
yanvarʻ oyida Istanbuldagi cherkorda amalga oshirilgan terakt Turkiyadagi ibodatxonalarga
uyushtirilgan ilk hujum hisoblanadi, biroq IShID avvalroq Turkiyaning boshqa
joylarida ham teraktlar sodir etgan – 2017 yilda tungi klubda sodir etilgan terakt
39 kishining hayotiga zomin boʻlgan, 2015 yilda Anqaradagi portlashda 109 kishi hayotgan
koʻz yumgan. 2022 yil oktyabrʻ oyida IShID Eronning Sheroz shahrida portlash uyushtirdi,
natijada 15 namozxon halok boʻldi, 40 nafari yaralandi. 2022 yil dekabrʻ
oyida Afgʻonistondagi Kobul mehmonxonasida terrorchilar portlovchi qurilmani ishga
tushirib, 15 kishini oʻldirgan. 2024 yil boshida Eronning Kerman shahrida general
Qosim Sulaymoniy vafotining bir yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan dafn
marosimida portlash sodir boʻlib, 103 kishi olamdan oʻtdi.
IShID hujumlarining geografiyasi ularning navbatdagi hujum
joylarini qanday tanlashlari hamda
Gʻarb davlatlari va AQSh nima
uchun moʻʻʻjizaviy tarzda ulardan uzoq turishlari haqida savollar tugʻdiradi.
Maxsus xizmatlar tegishli choralarni amalga
oshirmaganlarida edi, yanada
koʻproq teraktlar uyushtirilgan
boʻlardi.
Qayd
etilishicha, 2011 yildan buyon Turkiyada 102 davlat fuqaroligiga ega 9
mingdan ortiq kishi terrorchilikda gumonlanib hibsga olingan. Eʻʻtiborlisi,
ularning 1162 nafari AQSh va Evropa Ittifoqi fuqarolari boʻlib, oʻtgan dekabrʻ
oyida qoʻlga olingan 32 nafari Anqaradagi cherkovlar va Iroq elchixonasiga qarshi
teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan.
Moskvadagi
teraktdan soʻng munosabat bildirgan Butunjahon musulmon ulamolari ittifoqi bosh
kotibi Ali Muhyiddin Qoradogʻiyning fikrlari ham eʻʻtiborga loyiq. U bu kabi
xatti-harakatlarning Islomga aloqasi yoʻqligini aytar ekan, xususan, shunday
dedi: “Bu terror operatsiyasining Islomga aloqasi yoʻq. Agar kimdir toʻsatdan
terrorchilar Islomni vakili deb daʻʻvo qilsa ham, aslida ular mintaqaviy va
xalqaro razvedka xizmatlarining vakillari boʻlishi mumkin, lekin Islom emas”.