Nigeriyada yoqilgʻi tankeri portlashi oqibatida halok boʻlganlar soni 181 kishiga etdi
Nigeriya shimolida yoqilgʻi tashuvchi yuk mashinasining portlashi natijasida halok boʻlganlar soni 181 nafarga etdi, yana 80 kishi kasalxonalarda qolmoqda. Hodisaga haydovchining tezlikni oshirishi sabab boʻlgan. Halok boʻlganlar esa tankerdan toʻkilgan yoqilgʻini yigʻib olmoqchi boʻlganlardir.
Nigeriya
shimolidagi Jigava shtatida yoqilgʻi tashuvchi yuk mashinasi portlashi oqibatida halok
boʻlganlar soni 181 kishiga etdi. Bu haqda Jigava shtati gubernatori Umar
Namadi prezident Bola Ahmad Tinubu bilan uchrashuvdan soʻng jurnalistlarga maʻʻlum
qildi.
Namadining aytishicha, portlashda yaralangan 80 kishi hamon
kasalxonada. Hodisadan
210 oila jabrlandi.
Eslatib
oʻtamiz, Majia tumanidagi Kano-Xadeja trassasida 16 oktyabrʻ kuni yoqilgʻi
tashuvchi tashuvchi portlash sodir boʻlgan.
Qayd etilishicha, haydovchi belgilangan tezlikni oshirib yuborishi natijasida boshqaruvni
yoʻqotgan va tanker agʻdarilib ketgan.
Mahalliy aholi agʻdarilib ketgan mashinadan toʻkilayotgan yoqilgʻini yigʻib olayotganida yuk mashinasida portlash sodir
boʻlgan va koʻpchilik kuyish
oqibatida halok boʻlgan.
Hodisadan keyin prezident Bola Ahmed Tinubu butun mamlakat
boʻylab yoqilgʻi tashish xavfsizligi qoidalarini har tomonlama koʻrib chiqishni talab qildi.



